
La Ligada 2023/24 yilgi mavsum qanday o‘tdi?
La Liganing 2023/2024 yilgi mavsum o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. Mavsum davomida biz kutilmagan natijalar guvohiga aylandik. "Qirollik klubi" muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan holda, o‘zining eng yaqin taqibchisidan 10 ochkoga ilgarilab, mavsumni faqatgina bir mag‘lubiyat bilan yakunladi. Bu klub tarixidagi eng yaxshi mavsumlardan biri bo‘ldi. Shunday qilib, La Ligada mavsum yakunlanish arafasida ikkinchi o‘rin uchun kurash qizgin pallaga kirdi. "Barselona" bu kurashda "Jirona"ni ortta qoldirib, 4 ochko farq bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. "Barselona" bosh murabbiyi bilan xayrlashdi. Xavi jamoa bilan bu mavsumda hech qanday titulni yuta olmadi. Kataloniya jamoalari uchun bu mavsum omadsiz keldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, Sababi, jamoalar mavsumni yuqori notada boshlab, yakunda sovrinsiz qolishdi.
Hech bo‘lmaganda, "Jirona " va "Barselona" klublari kelasi mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qolga kiritdilar.Umuman olganda, "Jirona" uchun ajoyib mavsum bo‘ldi, desak adashmagan bo‘lamiz. Sababi, bu jamoani mavsum boshida favoritlar qatorida tassavvur qilishimiz qiyin edi. Biroq ular haqiqatdan ham mavsum kashfiyotiga aylandi. Hattoki, klub mavsum o‘rtasida birinchi o‘rin uchun ham munosib kurashdi. Shunday bo‘lsa-da, "qirollik klubi" bunga yo‘l qo‘ymadi. Shunday qilib, "Jirona" mavsumni 81 ochko bilan 3-pog‘onada tugatdi. To‘rtinchi o‘rinni esa Madridning boshqa bir klubi band etdi. "Atletiko Madrid" mavsum davomida juda ko‘p qoqilishlarga duch keldi. Diego Simione o‘z jamoasiini kelasi yili ham o‘zi boshqarishi kutilyapti. Rahbariyat doimgidek unga ishonch bilidirishda davom etadi. Simeone shogirdlari bilan mavsum yakunida 76 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni egalladi. Bu mavsum kuchli to‘rtlikga kirgan jamaoalar aynan shular.
"SofaScore" talqiniga ko‘ra, La Liganing bu mavsumdagi ramziy jamoasiga turli xil jamoalardan o‘yinchilar tanlab olindi
Jumladan; P. Gazzapaniga ("Jirona"), S. Ramos (|"Sevilya"), A. Raillo ("Malorka"), J. Kanselu ("Barselona"), D. Karvaxal ("Real Madrid"), A. Garsiya ("Jirona"), T. Kross ("Real Madrid"), Isko ("Real Betis"), J. Bellingem ("Real Madrid"), A. Grizman ("Atletiko Madrid"), I. Aspas ("Selta") kabi futbolchilar ro‘yxatdan joy olishgan. Kutilmagan natijalar va ajoyib adaptatsiyasi evaziga mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini Jud Bellingem qo‘lga kiritdi. Bellingem "Real" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 bor raqiblari darvozasiga yo‘l topa oldi va bundan tashqari 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va 11 marotaba haftaning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Bellingem mavsum davomida 5 ta sariq va 1 ta qizil kartochka bilan jazolandi. Bellingem mavsum davomida o‘zining yuqori intellekti bilan qolganlardan mutlaq ajralib turdi.
Aslida, u bunga haqli edi. Sababi, u "Real"ga kelib qo‘shilishi bilanoq, muhim futbolchiga aylanib ketadi deb ko‘pchilik o‘ylamagan bo‘lsa, ajab emas. Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, Toni Kross "Real Madrid" bilan so‘nggi mavsumini fenomenal tarzda yakunlamoqda. Boisi Kross faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazdi. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, Kross ozining ikkinchi yoshlik davrini o‘tkazib, hozirda "Oltin to‘p" sovrini poygasida uchinchi o‘rinni band etib turibdi. Kross bu mavsumda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 8 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, Toni faoliyatini shu yilning yozida "Evro-2024" musobaqasidan so‘ng yakunlashini o‘zi shaxsan muxlislarga e’lon qildi.
Joriy mavsum "Kadis", "Almeriya" va "Granada" jamoalari turnirni tark etishdi. "Granada" ketma-ket mag‘lubiyatli seriyalari bilan mavsumni jadvalda eng so‘nggi pog‘onada yakunladi. Klub 4 ta galaba, 9 ta durang va 25 mag‘lubiyatli natijasi bilan mavsumni eng omadsiz jamoasiga aylandi. "Almeriya" esa bu mavsumda 3 ta g‘alaba, 13 ta durang va 23 ta mag‘lubiyatli natijani qayt etdi. "Kadis"da natijalar bu ikki jamoaga qaraganda yaxshiroq, ammo bu natija La Ligada jon saqlashga etarli bo‘lmadi. Ular bu mavsumni 6 ta g‘alaba, 15 ta durang va 17 ta mag‘lubiyat bilan pastki divizionga tushib ketdi.
To‘purarlar jadvalida to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi turda Dobvik harakter ko‘rsatib to‘puralar poygasida peshqaqdamlik o‘z qo‘liga oldi. Dobvik bu mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 8 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ukrainalik forvardning hozirgi transfer narxi 28 mln evroni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda esa "Villyareal" hujumchisi Aleksandr Syorlot. U bu mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ukrainalik futbolchi kurashda so‘nggi turga qadar favorit edi. Hattoki mavsum yakuniga yaqin "Real" darvozasiga 4 ta gol urgandi, ammo Dobvikning so‘nggi turdagi, unga javoban pokkeri Syorlotni quvib o‘tish uchun etarli bo‘ldi. So‘nggi turga kelib to‘purarlar poygasi qizgin tus olganini o‘zingiz ham sezgan bo‘lsangiz ajab emas.
Mavsum bizga ko‘p yosh yulduzlarni kashf etdi. Jumladan, Arda Guler va Lamin Yamal. Ikki grand klublarning yosh va istiqbolli futbolchillari mavsumni ko‘tarinki ruhda yakunlashdi. Lamin Yamal "Barselona"ning asosiy tarkibidan joy olgan bo‘lsa, Arda Guler Karlo Anchellotining ishonchini oqladi. Ularning qayd etgan statistikalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Yamal "Barselona"safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga rasmiylashtirdi. Gulerga keladigan bo‘lsak, u "Real Madrid" safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Demak, butun mavsum davomida biz guvohi bo‘ldikki, Guler yakunlovchi, Yamal esa yaratuvchi rolida harakat qilar ekan. Ikkisi ham bir-biridan qolishmaydi, ammo Yamal bu mavsumda La Liganing eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovriniga munosib.
Assistentlik alohida mavzu. Mavsumning eng yaxshi assistenti Aleks Baena bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 14 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi o‘rinda esa, Niko Uilyams 11 ta golli uzatma bilan assistentlar poygasida keyingi o‘rinni oldi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda Savio va Aspaslar 10 ta golli uzatma bilan band etib turibdi. Jadvalda ko‘rishingiz mumkinki, qolgan futbolchilar 9 va 8 ta golli uzatmalar bilan keyingi o‘rinlarni band etishgan. Assistentlik poygasi ham so‘nggi turga qadar qizgin davom etdi. Baena o‘z assistlarini ko‘p qismini o‘z jamoadoshi Aleksandr Syorlotga berdi.
Fikrlar