
Lamin Yamalning otasini pichoqlashdi
Ispaniyaning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi Lamin Yamal oilasida noxushlik ro‘y berdi.
La Vanguardia nashrining ma’lum qilishicha, Laminning otasi Munir Nasraui Mataro shahridagi avtoturargohda pichoqlangan.
Yaralanganidan keyin uni darhol shifoxonaga olib kelib, birinchi tibbiyo yordamni ko‘rsatishgan. Bir necha soat davomida shifokorlar nazoratida qolgan Munir Nasrauining uyga ketishiga ruxsat berilgan.
Lamin Yamal “Barselona” tarbiyalanuvchisi hislblanadi. 17 yoshli futbolchi yaqinda Germaniyada o‘tgan Evropa chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, Ispaniya terma jamoasining chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi.
Fikrlar