Laporta: "Gordon hozir juda yaxshi sport formasida"
«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaga yaqinda qo‘shilgan vinger Entoni Gordonning o‘yini haqida fikr bildirdi.
Kataloniya klubi «Nyukasl» tarkibida to‘p surgan ingliz futbolchisining transferiga jahon chempionati oldidan nuqta qo‘ygan edi. 25 yoshli Gordon yaqinda o‘tkazilgan chorak final bahsida Norvegiyaga qarshi o‘yinda (2:1) o‘z terma jamoasiga muhim g‘alabani qo‘lga kiritishda yordam berdi va bir golga assistentlik qildi.
«Gordon hozir juda yaxshi sport formasida. Yakkakurashlarda o‘zini a’lo tomondan ko‘rsatdi. Norvegiyaga qarshi o‘yinda u Jud Bellingemga golli pas berdi – bu juda taassurotli epizod bo‘ldi», – deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Managing Barca nashri.
15 iyul kuni soat 00:00 da Angliya terma jamoasi yarim finalda Argentinga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar