
Latofatli Karolina ikkinchi davrada
Melburn shahrida o‘tkazilayotgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining birinchi davrasida murosasiz bahslar davom etmoqda.
Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida daniyalik Karolin Voznyatski ilk davrada amerikalik Kristi Andanni 6:1, 6:3 hisobida engdi.
Endi Voznyatski musobaqaning ikkinchi davrasida ukrainalik Dayana Yastremskaya va sloveniyalik Kayya Yuvan uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar