Lautaro Martines “Barselona”da emas, Angliyada o‘ynaydi

  • 16.07.2020 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moliyaviy jihatdan qudratli bo‘lgan “Manchester Siti” Chempionlar ligasida qatnashishi hal bo‘lganidan keyin tarkibini keskin kuchaytirmoqda.

Gvardiola o‘z shogirdlari safida “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni ko‘rmoqchi. Bu futbolchi uchun qariyb yarim yil davomida muzokara olib borayotgan “Barselona” kerakli mablag‘ni topa olmayapti. Bundan manchesterliklar unumli foydalanib qolmoqchi.

Lautaro Martines “Manchester Siti”ning  eng zo‘r to‘purari Serxio Agueroga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, bir argentinalik hujumchi o‘rnini ikkinchisi egallaydi.

“Inter” bilan yana uch yillik shartnomaga ega bo‘lgan Lautaro joriy mavsumda 39 ta o‘yinda 18 ta gol urdi.

27c6c3

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!