
Legionerlar. Salomov gol urgan o‘yinda “Atirau” “Shaxter” bilan durang o‘ynadi (Video)
Bugun Qozog‘iston chempionati 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Shavkat Salomov faoliyat olib borayotgan “Atirau” o‘z maydonida “Shaxter” bilan kuch sinashdi.
Gollarga boy bellashuvda tomonlar darvozalarni 3 martadan ishg‘ol qilishdi. E’tiborlisi Salomov ham ushbu bahsda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishni uddaladi.
Quyida “Atirau” – “Shaxter” o‘yinida kiritilgan gollarni tomosha qiling.
"Atirau" - "Shaxter" - 3:3 (1:2)
Gollar: Daurenbek Tajimbetov 10, Rinat Xayrullin 29, Oralxan Omirtaev 90 - Shavkat Salomov 28, Yure Obщivats 77, Sergey Skoryx 82 (avtogol).
Fikrlar