Lekler: "Maksdan ortda qolish oddiy holat"

  • 6 iyun, 2024, 18:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

"Ferrari" haydovchisi avtomobil bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishganini qayd etdi.

Tecno

«Menimcha, biz uchun mavsumning burilish nuqtasi bir necha poyga oldin sodir bo‘ldi. Umuman olganda, so‘nggi bir necha poygada bizda g‘alaba qozonadigan mashina yo‘q edi. Ammo baribir biz buni uddaladik – men bu imkoniyatdan foydalanishim kerakligini bilardim. Monakoda buni uddaladim. Shunday qilib, biz haqiqatan ham ajoyib ish qildik. Vaziyat qanday rivojlanayotganidan hursandman va umid qilamanki, bizni oldinda yana ko‘plab g‘alabalar kutmoqda.

Bu esa bu yil oxirigacha davom etadi degani emas. Garchi mavsumning dastlabki bir necha poygalariga na’zar tashlasangiz, biz haqiqatan ham har bir poygada maksimal darajada harakat qildik. Biz  xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak.

Chempionatda Maks Verstappendan 31 ochko farq normal holat. Lekin, hozircha chempionatdagi o‘rin haqida o‘ylamayapman, sababi mavsum endigina boshlandi”, – dedi Lekler.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!