Levandovski superklubga o‘tadi

  • 19.11.2025 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning eng qudratli klublaridan “Milan” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Barselona”ning 37 yoshli hujumchisi Robert Levandovskini asosiy transfer nishoni sifatida belgiladi.

Tecno

Sport.es saytining ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi polshalik hujumchi bilan yozda amalga oshiriladigan transferni yanvar oyidayoq kelishib olmoqchi.

Levandovskining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. “Barselona” yoshi o‘tib qolgan hujumchiga yangi bitim bermaydi. Shu bois, Levandovski yanvar oyida boshqa klublar bilan muzokara boshlashi va dastlabki shartnomani imzolashi mumkin.

 Ta’kidlanishicha, “Milan” sport bo‘limi mutasaddilari allaqachon Levandovskining atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatgan.

Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda qatnashib, ettita gol urdi. Transfermarkt portali tajribali hujumchini 10 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!