"Liverpool" yulduzini "Manchester Siti"ga sotmaydi
«Manchester Siti» yarim himoyachi Aleksis Mak Allister nomzodini kuzatib bormoqda.
Insayder Ben Jeykobs ma’lumotlariga koʻra, «shaharliklar» rahbariyati 27 yoshli argentinalik futbolchining oʻyinini yuqori baholamoqda va uni jamoa markaziy chizigʻini kuchaytirish uchun ehtimoliy variantlardan biri sifatida koʻrib chiqmoqda. Avvalroq Mak Allister nomzodi klub ichida muhokama qilingani aytilgan, ammo hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmagan.
Shu bilan birga, «Liverpul» yarim himoyachisini sotish yoki jamoadan ketishiga rozi emasligi ta’kidlanmoqda.
Mak Allister 2023 yil yozidan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha moʻljallangan, futbolchining taxminiy bozor qiymati esa 70 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar