
"Liverpul" Gondurasdan vunderkind topib keldi
Angliya premer-ligasida ishtirok etayotgan "Liverpul" trasnfer siyosatida yosh futbolchilarni qo‘lga kiritishga alohida e’tibor beradi.
Bu gal liverpulliklar uzoq Gondurasdan 17 yoshli himoyachini topib keldi.
Uesli Dekas 20 yoshgacha futbolchilar ishtirokida o‘tgan KONKAKAF chempionatida terma jamoasining finalga chiqishiga ulkan hissa qo‘shdi. O‘z o‘yinlari orqai mutaxassislar e’tiboriga tushgan futbolchi "Liverpul"da ko‘rikdan o‘tish uchun taklif oldi.
Ayni paytda Uesli Dekas o‘z yurtida "Independente" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar