
“Liverpul”da katta yo‘qotish
“Liverpul” himoyachisi Robertsonning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Endi tajribali o‘yinchining elkasi operatsiya qilinadi.
Agar Robertson jarrohlik stoliga yotadigan bo‘lsa, to‘rt oy atrofida jamoaga yordam bera olmaydi, deb xabar tarqatdi The Times nashri.
Ma’lumki, shotlandiyalik futbolchi Evropa chempionatining saralash musobaqasi doirasida Ispaniyaga qarshi uchrashuvda shikastlangan edi.
Joriy mavsumda 29 yoshli himoyachi “Liverpul” safida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli pas ham uzatgan.
Fikrlar