
"lokomotiv"ning bugungi raqibi "al vahda" haqida va qaydnomalar
Xabaringiz bor, bugun OChL-2019 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Ular qatorida "Lokomotiv" - "Al Vahda" o‘yini ham bor. Ushbu bellashuv oldidan "temiryo‘lchilar"ning raqibi haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz. O‘z navbatida har ikki jamoaning qaydnomasi bilan ham tanishishingiz mumkin.
“Al Vahda” klubi haqida qisqacha
Birlashgan Arab Amirliklarining “Al Vahda” klubi 1974 yili tashkil etilgan. Jamoa uy o‘yinlarini 12 000 muxlisga mo‘ljallangan “Al Nahiyan” stadionida o‘tkazadi. Klub prezidenti Teyab bin Zayd al Nahayyan. Bosh murabbiy gollandiyalik Xenk Ten Kate hisoblanadi.
“Al Vahda” 4 karra BAA chempioni (1998/99, 2000/01, 2004/05, 2009/10), bir bor kubok sohibi (1999/2000) hamda 2002 yili Superkubokda zafar quchgan.
E’tiborlisi, bu jamoa OChL doirasida 8 marta o‘zbek klublari bilan to‘qnash kelgan. Ammo birorta ham uchrashuvda g‘alaba qozona olmagan. BAA klubi bellashuvlarda 2 bor durang va 6 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Jamoa tarkibida ayni paytda Braziliya, Argentina, Tanzaniya, Marokash va Janubiy Koreyadan futbolchilar bor. Ammo OChLda 3+1 limiti bo‘lgani uchun gollandiyalik mutaxassis marokashlik hujumchi Murod Batna ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi.
"Temiryo‘lchilar"ning raqibi "Al Vahda" klubi 29 o‘yinchini OChLda ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Darvozabonlar: 1. Muhammad Al Shamsi, 50. Rashid Ali Suvaydi, 88. Said Mesmari, 60. Eysa Ahmad
Himoyachilar: 2. Muhammad Barqesh, 4. Salim Sulton, 8. Hamdan Al Kamoli, 19. Xolid Ibrohim, 23. Rim Chang Vu (Janubiy Koreya), 33. Majid Abdulloh, 37. Ahmad Rashid, 52. Hussayin Abbos
Yarim himoyachilar: 5. Muhammad Abdulbosit, 6. Sulton Al Gafri, 10. Ismoil Matar, 15. Nosir Abdulxadi, 16. Salim Abdulloh, 18. Ahmad Ali, 30. Tariq Al Xodaim, 42. Leonardo De Souza (Braziliya), 43. Ismoil Al Zaabi, 46. Mansur Al Xarbi, 56. Tahnun Al Zaabi, 57. Abdulla Anvar Al Ameri, 58. Muhammad Ismoil Al Jnebi, 62. Muhammad Messari
Hujumchilar: 11. Sebastyan Talyabue (Argentina), 20. Yahyo Al Gassani (Tanzaniya), 70. Muhammad Al Hammadi.
O‘z navbatida “Lokomotiv” ham 29 futbolchini OChL uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Darvozabonlar: 12. Ma’mur Ikromov, 13. Aslonbek Axrorov, 35. Javohir Ilyosov,
Himoyachilar: 20. Islom To‘xtaxo‘jaev, 33. Oleg Zoteev, 5. Anzur Ismoilov, 44. Sergey Proxorov, 80. Farruxjon Ibrohimov, 19. Avazbek O‘lmasaliev, 24. Davronbek Hoshimov,
Yarim himoyachilar: 10. Sardor Mirzaev, 88. Igor Yelich, 14. Azizbek Amonov, 81. Bek Abdullaev, 28. Shuhrat Muhammadiev, 77. Diyorbek Turopov, 23. Yovan Jokich, 9. Filipp Raevats, 8. Jamshid Iskanderov, 7. Azizbek Haydarov, 72. Boburbek Ergashev, 74. Sharafiddin Shabirov, 15. Arslanmurat Amanov, 79. Alisher Sheraliev
Hujumchilar: 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 17. Husniddin G‘ofurov, 70. Alisher Shog‘ulomov, 75. Vladislav Fomin, 76. Xurmatbek Yuldashev.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Al Vahda" bellashuvi Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi. Bahsni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Mazkur o‘yin uchun chiptalar ikki xil toifada chiqarilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Birinchi toifa chipta narxi 15 ming so‘m. Ikkinchi toifa chiptalar esa 8 ming so‘mdan stadion kassasida sotilmoqda.
Fikrlar