
Luis Suaresdan yana bir rekord
Urugvay milliy terma jamoasi va "Inter Mayami futbolchisi Luis Suares MLS chempionati doirasida navbatdagi rekordlarni qayd etishda davom etadi. U klub safidagi ketma-ket 2-o‘yinda gol kiritib, dubl qayd etdi. U mazkur natijasi orqali MLSdagi debyut mavsumida ketma-ket ikkita o‘yinda dubl qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
Ya’ni "Inter Mayami"ning 37 yoshli urugvaylik hujumchisi "Chikago Fayr" bilan o‘yinda(4:1) 2 ta gol urdi.
Hujumchi hozirga qadar mavsumning 20 ta o‘yinida 16 ta gol kiritishga erishdi. Shundan 4 tasi so‘nggi ikki o‘yinda kiritildi. Bu natijalar esa, argentinalik Lionel Messi jarohat olgan bir davrda yanada salmoqli ko‘rinmoqda.
Suares MLS to‘purarlar poygasida peshqadam Kristian Benteke (DC Yunayted, 23 o‘yinda 17 ta gol) va Kristian Arangodan (Real Solt-Leyk, 24 ta golda 17 ta) bir gol ortda qolmoqda.
Fikrlar