Lukaku Ronalduga etib oldi
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku "Latsio"ga qarshi (3:1) bahsda dubl muallifi bo‘ldi. Ushbu bahsda belgiyalik birinchi taymdayoq ikkita gol urdi.
Shu tariqa, Romelu Italiya chempionati 22-turidan so‘ng to‘purarlar jadvalida Krishtianu Ronalduga etib oldi. Ikkala hujumchining hisobida 16 tadan gol bor.
Keyingi o‘rinlarda Zlatan Ibragimovich va Chiro Immobile 14 ta gol bilan 3-4 o‘rinni bo‘lib olishgan. Kuchli beshlikni "Atalanta" hujumchisi Luis Muriel yakunlab turibdi.



Fikrlar