Lukas Vaskes «ikki o‘t o‘rtasida qoldi»

  • 7 mart, 2021, 08:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Hozir «Real» klubi yarim himoyachisi hayotidagi eng og‘ir pallani boshdan o‘tkazmoqda. Uning oldida ikki yo‘l bor. Ulardan birini tanlash lozim. Agar moliyaviy qulaylikni tanlamoqchi bo‘lsa, Madridni tark etishi darkor. Zidanning iltimosiga ko‘ra qolsa, printsiplariga zid ish qilgan bo‘ladi. Ispaniyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi shu yilning yozida o‘z yakuniga etadi. «Qirollik klubi» hozir tarkibda muammolar bilan musobaqalarda ishtirok etmoqda. Vaskes esa, Zidanni sug‘urtalashni qoyillatyapti. Qahramonimiz bu mavsumda 26 o‘yinda ishtirok etdi va gol-pas tizimida 8 ochko jamg‘ardi(2 gol va 6 assist).

Qabul qilingan qaror hal etadi

kerpgkerpkgerg

Har qanday futbolchi o‘z kelajagi haqida ma’lumotga ega bo‘lishni istaydi. Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Lukas mart oyida o‘z yakuniy qarorini qabul qilmoqchi. Iyulda u 30 yoshni qarshi oladi. Katta ehtimol bilan, Vaskes professional faoliyatidagi eng katta so‘nggi shartnomasiga qo‘l qo‘yishni rejalashtirmoqda. Vaskes klubdan 10 million evro maosh (12 oyga) ko‘rsatilgan 4 yillik shartnoma talab qilyapti. Madridliklar rahbariyati o‘z futbolchilarining maoshini 10 foizga qisqartirmoqchi ekanligini va maksimum 8 million evro maosh bera olishini aytdi.

Klubning talabi

Madrid klubi Vaskes tushib qolgan vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda, uning maoshini 15 foizga oshirib berishga tayyor. Lukas Vaskes, Martin Edegor, Luka Yovich, Kazemiro maoshini 10 foizga kamaytirishga rozi bo‘ldi. Klubdagi insayderlarning ma’lum qilishicha, «Real» moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi direktorlar shu tariqa, jamoa qarz bo‘lib qolishining oldini olmoqchi.

ekthpkrtkhrtkhrth

Vaskes qay darajada muhim?

Universal qanot futbolchi «Real»ni og‘ir vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlamoqda. U loteral, vinger, qanot himoyachisi sifatida o‘zini yaxshi namoyish etib kelyapti. Ortda qolgan 6 yil ichida ilk bor Vaskes asosiy tarkib a’zosiga aylandi. Hozir Lukas o‘zi istagan shartnomaga ega bo‘lishga to‘la haqli.

Qahramonimiz «Real»ga kelganida, yillik maoshi 1 million evroga etmas edi. Vaskes istalgan o‘yin sxemasiga mos tushib ketish uchun yillar davomida universal futbolchiga aylandi. Har safar jamoa postida murabbiy o‘zgarganida, yangi kelganlar unga asosiy tarkibdan joy naqd ekanligini aytar, biroq yakunda, u oddiy zaxiradagi "joker" bo‘lib qolaverar edi.

Florentino Peres ispaniyalik yarim himoyachi haqida bildirgan fikrga e’tibor qarating:

«Agar mavsum so‘ngida Lukas Vaskes asosiy planga chiqsa, boshqa futbolchilar uchun millionlarni sarflashning nima keragi bor? Bu pulni havoga uchirish bilan teng!»

Darhaqiqat, u Milandagi EChL finalida eng muhim vazifani bajargan edi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida ilk zarbani aniq ijro etish orqali g‘alabaga dastlabki qadamni tashlagani hozir ko‘pchilikning yodida yo‘q.

U o‘zining so‘nggi ulkan shartnomasi orqali porloq kelajakni ta’minlamoqchi. «Real»ning moliyaviy ishlari ko‘ngildek emas. Serxio Ramosga kerakli summani taklif etishni uddalay olmagan jamoa, Lukasni olib qolish uchun kurashga qo‘shiladimi?

rhkrkthkrthrth

“Real"ning o‘z fikri bor

Madrid klubidan qaysi futbolchi ko‘proq maosh so‘rasa, u jamoadan ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgan bo‘ladi. Mana shu fikrga asoslangan transfer siyosatini targ‘ib etayotgan klub ne-ne yulduzlardan voz kechmadi, deysiz?! Ularning faoliyati so‘ngida talab qilgan shartnomalari taqdim etilmadi. Fernando Yerro, Raul, Michel Salgado, Kasilyas, Guti va boshqalar Lukas Vaskes his qilishi mumkin bo‘lgan alam bilan Madridni tark etgan. Voqealar rivojini  SPORTS.uzda kuzating!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!