Madriddan faqat “Barsa”ga ketaman!
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Julian Alvares faoliyatini davom ettirish uchun oʻziga maʼqul boʻlgan variantni tanladi.
Argentinalik futbolchi “matraschilar” bilan faqat “Barselona”dan aniq taklif tushgan taqdirdagina xayrlashishga tayyor, deb xabar berdi jurnalist Matteo Moretto.
26 yoshli forvard Ispaniyada qolishni istaydi. Kataloniya klubi esa, anchadan beri ushbu qimmatbaho kelishuvni qanday amalga oshirishni oʻylab yuribdi.
Alvaresning Transfermarkt saytidagi taxminiy bahosi 90 million yevroni tashkil etadi, amaldagi shartnomasi esa 2030 yilgacha moʻljallangan.
Koʻplab maʼlumotlarda Angliya Premier-ligasi gʻolibi “Arsenal” va Fransiya chempioni “Pari Sen-Jermen” klublari ham Alvaresni sotib olishni istayotgani bildirilgan.

Fikrlar