Magomed Ankalaev Checheniston rahbariga nima dedi?

  • 18.03.2025 16:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Yarim og‘ir vaznda UFC chempioni Magomed Ankalaev o‘z jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

“O‘z klubim “Axmat”dan va barcha rahbariyatdan boshidanoq men bilan bo‘lgani uchun minnatdorman. Shu yillar davomida meni tinimsiz qo‘llab-quvvatlagan Ramzan Axmatovich Qodirovga alohida rahmat. Murabbiylarim, sparring sheriklarim, menejerlarim va tibbiyot xodimlarimga ham tashakkur - mehnatingiz beqiyos. Bu kamar barchamizniki!" - deb yozdi Anqalaev ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 313" turnirida Magomed ochkolar bo‘yicha Aleks Perreyrani mag‘lub etib, 93 kg da chempionga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!