
Mahmud Muradov UFCda 4-jangini o‘tkazdi
Hozirgina AQShning Las-Vega shahrida "UFC Vegas 35" turniri doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov o‘zining promoushendagi to‘rtinchi jangini o‘tkazdi.
Unga AQSh vakili Jerald Meershert raqiblik qildi. Ushbu qarma-qarshilik ikkinchi raundda o‘z nihoyasiga etdi. Afsuski, hamyurtimiz bu safar imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Meershert bo‘g‘ish uslubdi evaziga yurtdoshimizni taslim etishni uddasidan chiqdi.
Fikrlar