MakGregor: "Bu aqldan ozdiradigan darajada ajoyib bo‘ldi"

  • 3 aprel, 2024, 15:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregor o‘zining "Uyga yo‘l" filmi ishtirokidagi muvaffaqiyatli premerasi haqida gapirdi.

 "Amazon va MGM Studios ni "Uyga yo‘l" filmini o‘z tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan filmga aylantirgani uchun tabriklaymiz! Ikki hafta ichida 50 million tomoshabin yig‘ildi, kassaga esa 750 million dollar kelib tushdi. Bu aqldan ozdiradigan darajada ajoyib ! Butun jamoani tabriklayman", - deb yozdi MakGregor X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

 Eslatib o‘tamiz, MakGregor(22-6) o‘zining so‘nggi jangini 2021 yilning iyul oyida o‘tkazib, Dastin Pore(30-8-1 N/C)ga texnik nokaut bilan yutqazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!