Maksim Shatskix: "Bugun uning kuni bo‘ldi"

  • 18 oktabr, 00:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning “Sho‘rtan”ga (4:3) qarshi uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida bir qator savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Xayrli kech! O‘ylaymanki, o‘yin hammaga manzur keldi. Doim aytaman: biz kim uchun o‘ynaymiz? Albatta, muxlislar uchun o‘ynaymiz. Uchrashuvda 7 ta gol ko‘rdik, penaltilar bo‘ldi, xavfli vaziyatlarni ham ko‘rdik. Menimcha, o‘yinda hamma narsa bo‘ldi. Murabbiylarda doim bunday o‘yinlar bo‘lavermaydi. O‘yin paytida doim o‘rningdan turasan va yana o‘tirasan. Stadionda yig‘ilgan ishqibozlar uylariga xursand holatda ketishdi. Bu eng asosiysi.

- Oxirgi uchrashuvlarda Usmonali Ismonaliev oldingi chiziqda o‘ynayapti. U bu borada o‘zini qanday his qilyapti?

- Unga vinger sifatida foydalanmoqchi ekanimni aytgandim. Jo‘raqo‘ziev, Abdumannopov va Ismonaliev joy almashib o‘ynashlari mumkin. Ular o‘yinni o‘zgartirib yuborishdi. Usmonali hujumga o‘tganda biz gol uryapmiz. U dublga erishdi va umid qilamanki, bu oxirgisi emas. Bugun uning kuni bo‘ldi. Faol harakatarni amalga oshirdi va biz gollar urdik.

- Oxirgi uchrashuvlarda Hamidjonovda ruhiy bosim borga o‘xshayapti...

- Unda qandaydir bosim bor deb o‘ylamayman. Ammo bu uchrashuvda u qandaydir tushunarsiz harakatlarni qildi. O‘yini ko‘rib tahlil qilib chiqamiz. Bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandi. O‘zi barchasi yaxshiligi, hech qanday muammo yo‘qligini aytgandi. Tushunmovchilik vaziyatlari bo‘lib turadi. O‘ylaymanki, boshqa bunday holat yuz bermaydi.

- “Andijon” o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi. Markaziy va qanot himoyachilaridan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- 3 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsak-da, kimnidir ayblamoqchi emasman. Bu erda hamma javobgar. Hamma teng himoyalanadi va teng hujumga o‘tadi. Kimnidir alohida aybdor deb ko‘rsatmayman. Xatolarga epizodlar sabab bo‘ldi. Dastlab xatolar qaerdan boshlanganini ko‘rish kerak. Bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalgi xatolarni ko‘rib, o‘rganib, tahlil qilib chiqamiz. 3 ta gol o‘tkazib yuborganimiz uchun himoyadan u qadar ko‘ngil to‘ldi, deyish qiyin. Barcha gollarga o‘zimiz sababchimiz.

- Farhod Sohibjonov va Ilhom Abdug‘aniev nima uchun yoshlar jamoasiga o‘tkazildi?

- Ular u erga bugun borib qolishgani yo‘q. Bunga sabablar bor. U erdagi faoliyatini ko‘ryapmiz. Bilasizmi, asosiy jamoada o‘ynash uchun shunga munosib bo‘lish kerak. Ko‘proq o‘z ustida ishlash lozim va shunda asosiy jamoada to‘p surishlari mumkin. Mana, o‘rinbosarlar jamoasidan bir qator o‘yinchilarni jalb qilyapmiz. Barchasiga vaqt kerak. “Andijon”ga kerak bo‘lsa, ularni albatta yana qaytaramiz.

- Oleg Zoteev bilan Islom Mamatkazin qachon tayyor bo‘lishadi?

- Islom yakka tartibda tayyorgarlik ko‘rishga kirishdi. Hech qanday muammo yo‘q. Tiklanib olishiga biroz vaqt kerak. Zoteev jarohatdan keyin qilinishi kerak bo‘lgan dasturlar bo‘yicha ishladi. Bir qancha topshiriqlarni bajaryapti. Ko‘ramiz, keyingi uchrashuvga umumiy tarkibda bo‘lishi mumkin. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!