Malla soch Mariya bir soat ham turib bera olmadi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova AQSh ochiq chempionatining birinchi darvasida amerikalik Serena Uilyamsga qarshi kortga chiqdi.
Turnirning markaziy uchrashuvi deya e’tirof etilgan mazkur uchrashuv 58 daqiqa davom etdi. Unda Serena 6:1, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida S.Uilyams hamyurti Keti Makneyliga qarshi o‘yin o‘tkazadi.


Fikrlar