"Manchester Siti"dan ketaman!

  • 29.07.2026 08:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Tottenxem» klubi «Manchester Siti» vingeri Savioni oʻz safiga qoʻshib olishga jiddiy qiziqmoqda. Bu haqida insayder jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, 22 yoshli braziliyalik futbolchi «Manchester Siti»ni tark etish istagini bildirgan va London klubiga oʻtishga rozilik bergan. U bu qarorini «Siti» rahbariyatiga ham yetkazgan. Klublar oʻrtasidagi muzokaralar iyun oyidan beri davom etmoqda.

Transfer tashabbuskorlaridan biri — «Tottenxem»ning yangi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi. U Savioni jamoaning hujum chizigʻini kuchaytirish uchun mos nomzod sifatida koʻrmoqda va braziliyalik vingerni oʻz taktik rejalariга ideal qoʻshimcha deb baholamoqda.

Oʻtgan mavsumda Savio «Manchester Siti» tarkibida 36 oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali bahosiga koʻra, futbolchining transfer qiymati 35 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!