"Manchester Siti"ga o'tmayman!

  • 15.09.2026 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» (Ispaniya) hujumchi vinger Aleks Baena bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirishni rejalashtirayotgani yo‘q. «Manchester Siti»ning jiddiy qiziqishiga qaramay, madridliklar futbolchini sotish niyatida emas. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Manchester Siti» shtabi Baenaning o‘yini yuqori baholagan va uni transfer bo‘yicha ustuvor nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan. Shu bilan birga, yaqin ikki transfer oynasida ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Sababi, «Atletiko» rahbariyati hozircha uning transferi variantlarini ko‘rib chiqmayapti.

Madrid klubining bu boradagi pozitsiyasiga Baena bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnoma ham ta’sir qilmoqda. Futbolchining amaldagi kelishuvi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Yangi mavsumda 25 yoshli vinger barcha musobaqalar hisobga olingan holda beshta o‘yinda maydonga tushdi, uchta gol urdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!