"Manchester Siti" raqib yulduzini nishonga oldi
Argentina milliy terma jamoasi va «Liverpool» yarim himoyachisi Aleks Mak Allister yana bir yetakchi angliyalik klub – «Manchester Siti»ning diqqat markazida turibdi.
Bu haqida futbol bozoridagi ishonchli manbalari bilan tanilgan insayder Janluka di Marsio xabar berdi.
Jurnalist ma'lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» Mak Allisterni Enco Fernandezga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. «Manchester Siti» argentinalik futbolchini sotib olish bo‘yicha «Chelsi» bilan hali kelishuvga erisha olmagani sabab, aynan «Liverpool» yarim himoyachisini variant sifatida o‘rganayotgani aytilmoqda.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Aleksis Mak Allisterning bozor qiymati 70 million yevro atrofida. 27 yoshli argentinalik futbolchining «Liverpool» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar