“Manchester Siti” yulduzlari Husanovni qanday himoya qilyapti?

  • 26 yanvar, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasidagi debyut uchrashuvidayoq qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Xususan, “Chelsi”ning qarshi uchrashuvning dastlabki besh daqiqasida hayajonini enga olmagan yosh himoyachi “Manchester Siti” darvozasiga kiritilgan yagona golga sababchi bo‘ldi, bir daqiqadan keyin qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi va yana to‘p uzatishlari aniq chiqmadi.

Hamyurtimiz baxtiga “shaharliklar” raqib darvozasiga uchta to‘p kiritib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirib yubordi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola, asosiy to‘purar Erling Xoland o‘zbek legionerini qo‘llab-quvvatlab, iliq gaplarni aytdi, “Etixad” stadionidagi muxlislar Abduqodirni olqishlar bilan kuzatib qo‘ydi.

Manchesterliklarning etakchi himoyachilaridan shveyratsiyalik Manuel Akanji ham Abduqodir Husanov himoyachi uchun o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Akanji legionerimiz bilan birga himoya markazida o‘ynagan edi.

- O‘yin davomida men Abduqodir Husanovni himoya qilishga, haqiqatan yanada qiyin ahvolga tushib qoladigan vaziyatlarni yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildim. Ayniqsa, “Chelsi” singari kuchli jamoa va individual mahorati yuqori futbolchilarga qarshi o‘ynash juda murakkab ekani uchun buni inobatga olishim kerak edi.

Dastlabki daqiqalardagi voqealardan keyin mun Husanovga bo‘lib o‘tgan narsalar haqida ko‘p o‘ylanmaslikni, o‘yinni davom ettirish kerakligini tushuntirdim. Keyingi gal Edersonga qo‘rqmay pas berishi mumkinligini, navbatdagi to‘qnashuvni yutsa, o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshishini aytdim.

Bo‘lgan ishlarning barchasini tabiiy hol sifatida baholash lozim.

Albatta, start ideal chiqmadi, lekin Abduqodir juda tez va yaxshi darajada tiklana oldi. “Chelsi”dek qudratli raqib bilan o‘z muxlislaring ko‘z o‘nida o‘ynash oson emas. Biz Husanovni maydonning o‘zidayoq qo‘llab-quvvatlashga urindik va uyog‘iga yosh futbolchi yaxshi o‘ynab ketdi.

Abduqodir o‘zining eng zo‘r o‘yinini ko‘rsatishga urindi, buning uchun hali oldinda juda ko‘p uchrashuvlar bor, ularda albatta o‘z mahoratini namoyish qila oladi.

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola Husanov bilan gaplashish uchun “rus yoki o‘zbek tilini o‘rganishimiz kerak” dedi, lekin bu muammo bo‘lmaydi.

Abduqodir frantsuzchaga qaraganda ingliz tilini yaxshiroq tushunishi aytdi, shu bois men u bilan inglizcha muloqot qilyapman.  U tez orada ingliz tilidagi bilimlarini kuchaytirib oladi, chunki muloqot qilishni o‘rganishi eng avvalo o‘zi uchun kerak.

Ayniqsa, til bilish biz – markaziy  himoyachilar uchun zarur, chunki jamoadoshlarimizga ko‘proq yordam berishimiz talab etiladi.

Bu borada Abduqodir ko‘p narsani tushunadi, lekin yaxshi gapira olmaydi, bu o‘tkinchi holat, hali hammasi o‘z joyiga tushib ketadi, - dedi Manuel Akanji.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
27/01/2025 07:01
Сити футболчиларига респект хамаси куллаб куватлашяпти хакикий оила