"Manchester Yunayted" Shvaynshtayger o‘rniga boshqa nemis futbolchisini oladi

  • 1 aprel, 2017, 09:52
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN
 

 

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinoni jamoani tark etgan germaniyalik yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger o‘rnini yana Germaniya terma jamoasi vakili bilan to‘ldirishga qaror qildi.

Manchesterliklar bu gal "Bavariya"ning yosh yarim himoyachisi Joshua Kimmixni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. 22 yoshli futbolchiga "Manchester Siti" ham og‘iz solmoqda. Har ikki jamoa "Bavariya"ga o‘z takliflarini jo‘natdi.

Joshua Kimmix joriy mavsumda 19 ta uchrashuvda to‘rtta gol urdi. Yosh futbolchi asosiy tarkibdan uzoqlashayotgani uchun Myunxen klubini tark etmoqchi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!