«Manchester Yunayted» uch murabbiy o'rtasida tanlov qilmoqda
«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy Maykl Karrik o‘rniga nomzodlarni o‘rganishni davom ettirayotgani xabar qilinmoqda. Bu haqida talkSPORT manbasi ma’lum berdi.
Manbaga ko‘ra, hozircha klub ro‘yxatida bir necha nufuzli mutaxassis bor. Ular orasida «Bavariya» va Germaniya terma jamoasini boshqargan Yulian Nagelsmann, «Napoli»da ishlagan Antonio Konte hamda hozirda «Brayton»ni boshqarayotgan Fabian Hyurtseler nomlari tilga olinmoqda.
«Manchester Yunayted» yangi mavsumni Angliya premyer-ligasida omadсиз boshladi. Olti turdan so‘ng Maykl Karrik shogirdlari atigi olti ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va jadvalda 13-o‘rinni egallab turibdi.
Keyingi turda «Manchester Yunayted» safarda «Lids» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar