«Manchester Yunayted» yangi darvozabon topdi

  • 06.07.2026 18:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» "Jahon chempionati–2026"da porlagan darvozabonni o‘z safiga qo‘shib oldi. 

 

Angliya grandi Paragvay terma jamoasi posboni Orlando Xilning qahramonona o‘yinidan yaxshi taassurot olgan. Klub hozirda darvozabonlar qatorini kuchaytirishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Shu bois «qizil iblislar» Argentina chempionatida to‘p surayotgan «San-Lorenso» darvozaboniga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Paragvay terma jamoasi Jahon chempionati–2026 musobaqasida 1/8 finalgacha yetib bordi. Jamoa ushbu bosqichda Fransiyaga qarshi bahsda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!