
“Manchester Yunayted”ni Runiga topshiringlar!
“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov jamoani klub tarixidagi eng zo‘r to‘purar Ueyn Runi boshqarishi kerakligini ta’kidladi.
Yaqinda Runi “Birmingem” bosh murabbiyligidan haydalgan edi. Ueyn Chempionshipda atigi 83 kun faoliyat yuritdi. Uning qo‘l ostida jamoa 15 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ulardan faqat ikkitasida g‘alaba qozonildi. Jamoa kuchli oltilikdan 20-o‘ringa tushib qoldi.
Runining AQSh chempionatidagi faoliyati ham muvaffaqiyatli chiqmagan edi. Angliyalik mutaxassis “Di Si Yunayted” bosh murabbiyi sifatida hech narsaga eriga olmagandi.
Shunga qaramay, Dmitar Berbatov murabbiy sifatida sobiq jamoasiga yordam bera olishiga ishonmoqda.
- Runining faoliyati shunday holatga kelgani achinarli. Men uning muxlisiman, chunki u bosh murabbiy bo‘lishni istashini yaxshi bilaman. Bir kun kelib u “Manchester Yunayted”ni boshqarishi kerak , - dedi Dmitar Berbatov.
Fikrlar