Manchesterliklar transferga 116 million yevro tikadi

  • 15.06.2026 14:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun 100 million funt sterlingdan ortiq (taxriban 116 million yevro) sarflashga tayyor. 

Bu haqida The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, klubning asosiy nomzodlari qatorida "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba, "Bornmut" futbolchisi Aleks Skott va "Vest Xem" a'zosi Mateush Fernandesh bor. 

"Manchester Yunayted" rahbariyati ushbu o'yinchilarni kelasi mavsum oldidan markaziy zonani mustahkamlash uchun asosiy variant sifatida ko'rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, manchesterliklar ushbu uch nomzoddan faqat ikkitasinigina transfer qilishni rejalashtirayotgani qayd etilmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Manchester Yunayted" Angliya chempionatida 38 o'yinda 71 ochko to'plab, umumiy jadvalda uchinchi o'rinni egallagan edi. Endi jamoa yangi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida qatnashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!