
"Mangust Team" Chimkent klubi bilan kuch sinashadi
17-18 avgust kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida aralash jang san’ati bo‘yicha mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan “Mangust Team” klubi bilan Chimkent shahrining Chimkent MMA akademiyasi vakillari o‘rtasida katta jang oqshomi bo‘lib o‘tadi. “Mangust Team” klubi murabbiyi hamyurtimiz Mansur Tugizboevning ta’kidlashicha mazkur qarama-qarshilikning markaziy jangi 66 kgda oktagonga chiqadigan Temur Hikmatovniki bo‘ladi. Uning raqibi juda jiddiy bo‘lib, super jang bo‘lishi kutilmoqda deya qo‘shimcha qildi.
Quyida, mazkur jang kechasida ishtirok etadigan hamyurtlarimiz bilan tanishing:
82 kg
Bahodir Xodjaev
61 kg
Muxsin Xodjaev
71 kg
Obidjon Bobojonov
71 kg
Islom Murodjonov
61 kg
Jaloliddin Qudratov
77 kg
Raxmatjon Anvarov
61 kg
Bekzod Musaev
48 kg
Akmalxo‘ja Davronxo‘jaev
57 kg
Mirkomil Mo‘minov
66 kg
Bahodir Mirsharipov
66 kg
Temur Xikmatov
Fikrlar