“Mangust Team”dan ikki g‘alaba

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun Qozog‘istonning Chimkent shahrida aralash jang san’ati bo‘yicha mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan “Mangust Team” klubi bilan Chimkent shahrining Chimkent MMA akademiyasi vakillari o‘rtasida katta jang oqshomi bo‘lib o‘tdi. Ushbu kechada vakillarimizdan O‘ktam Abduxaliqov hamda Bahodir Mirsharipovlar raqiblari ustidan muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi. Afsuski, qolgan vakillarimiz imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Shunday qilib, umumjamoa hisobida qo‘shnilarimizning qo‘li baland keldi.

Murabbiy Mansur Tugizboev mazkur musobaqa borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Shogirdlarimning harakatlaridan ko‘nglim to‘ldi. Sababi, ularning ko‘pchiligi juda yosh. Shunday bo‘lsada, tajribali raqiblariga jiddiy qarshilik ko‘rsata olishdi. Albatta, bunday turnirlar katta maktab vazifasini o‘tab beradi. Kelajakda nufuzli musobaqalarda ijobiy natijalar qayd etishlariga ishonaman”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!