
Masala hal! Reshford boshqa klubga o‘tyapti
“Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan Markus Reshford faoliyatini Angliya Premer-ligasining o‘zida davom ettiradigan bo‘ldi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 27 yoshli hujumchi “Aston Villa” safiga qo‘shiladi.
“Aston Villa” Markusni mavsum oxiriga qadar ijaraga oladi. Hozir tomonlar shartnomaga o‘yinchini sotib olish huquqi to‘g‘risidagi bandni muhokama qilmoqda.
Birmingem klubi Reshfordning maoshini to‘liq qoplaydi. Bosh murabbiy Unai Emeri Markus Reshford bilan suhbat o‘tkazganidan keyin transferga rozilik berdi.
Ma’lumki, “Manchester Yunayted”ni Ruben Amorim qabul qilib olganidan keyin tarkibni tartibga sola boshladi. Bu jarayonda portugaliyalik mutaxassis bir necha o‘yinchilarni asosiy tarkibdan chetlashtira boshladi.
Xususan, Markus Reshford ham qariyb ikki oydan beri uchrashuvlarga jalb qilinmayapti. Unga Evropa va Saudiya Arabistonining bir necha klublari og‘iz soldi. Biroq, endi ma’lum bo‘lishicha, manchesterliklar bilan faqat “Aston Villa” kelishi oldi xolos.
Fikrlar