Matich "Barselona"ga javobini yozda aytadi

"Chelsi" sharafini himoya qilayotgan Nemanya Matich o‘ziga "Barselona" klubi qiziqayotgani uchun kataloniyaliklardan xursand ekanini yashirmadi.
- Albatta, "Barselona"dek buyuk klub menga qiziqayotganini eshitib, xursand bo‘ldim, - dedi Nemanya Matich. - Hozir bor e’tiborimni "Chelsi" qaratganman va chempionlikka erishishni istayman. "Barselona" borasida yozda o‘ylayman.
Nemanya Matich joriy mavsumda APLda 27 uchrashuvda maydonga tushdi.



Fikrlar