Maxachevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
UFC engil vazn toifasi jangchisi Islom Maxachev navbatdagi jangini 2020 yilning 6 mart kuni "UFC 259" doirasida o‘tkazadi.
Rossiyalik sportchiga reytingning 15-pog‘onasini egallab turgan Dryu Dober raqiblik qiladi. Bu haqda, MMAJunkie xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda ham Maxachev va Dober qarama-qarshiligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, ammo jang bekor qilingandi.
Maxachev 2019 yildan buyon oktagonga ko‘tarilmadi.

Fikrlar