Mayli, "Liverpul"da qolaver
«Liverpul» tarkibida to‘p suruvchi niderlandiyalik vinger Kodi Gakpo yaqin orada jamoasini almashtirmasligi mumkin. Bu haqida jurnalist Aleks Kruk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Bredli Barkola bilan bog‘liq kutilgan transfer Gakponing «Tottenxem», «Manchester Siti» yoki boshqa klubga tez orada o‘tib ketishini anglatmaydi. Oxirgi kunlarda shunday mish-mishlar tarqalganiga qaramay, «Liverpul» rahbariyati Gakponi faqat bitta shart bilan qo‘yib yuborishga tayyor: transfer oynasi yopilishiga qadar (1 sentyabrgacha) yana bir vingerni olishga ulgursa, xolos.
Shu bilan birga, manba hozircha bunday stsenariy amalga oshishi juda kam ehtimolli ekanini qayd etmoqda.

Fikrlar