Mbappe: 300 shunchaki kulgili!

  • 19.11.2023 12:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Kilian Mbappe faoliyatidagi 300 talik dovonni bosib o‘tgani haqida gapirdi. 

Kecha PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Gibraltar bilan o‘yinda (14:0) xet-trik qayd etdi. Uning hisobida endi terma jamoada 46 ta, “Monako” va PSJda esa 254 ta gol bor.

Mbappe bu ko‘rsatkichga 25 yoshga to‘lishi oldidan erishdi. Mazkur yoshdagi uning ko‘rsatkichi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldunikidan yaxshiroq. 

“Bu jarayonning faqat bir qismi. Faoliyatida 800 yoki 850 ta gol urgan futbolchilar bor. Shunday qilib, 300 shunchaki kulgili! Biz klubda ham, terma jamoada ham natijalarni yaxshilagan holda oldinga intilishda davom etishimiz kerak”, -  dedi Mbappe o‘yindan so‘ng TF1 telekanalida.

Sentyabr oyida Ronaldu faoliyati davomida 850 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Uning hisobida 1188 ta o‘yinda 858 ta gol bor. Messi hisobida 1044ta o‘yinda 821ta gol mavjud. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!