Mbappe “Barsa”ni ogohlantirdi

  • 25 oktabr, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati to‘purari Kilian Mbappe o‘ninchi turdan o‘rin olgan “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi “el-klasiko”ning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Bu uchrashuvni hamma tomosha qilishni istaydi. Klublar miqyosida bundan ahamiyatli o‘yin yo‘q.  “El-klasiko”ni faqat Evropa Chempionlar ligasining muhim to‘qnashuvi bilan taqqoslashimiz mumkin xolos.

La Liga doirasida esa, “Real” va “Barselona” bahsiga etadigan darajadagi birorta uchrashuv bo‘lmaydi. Biz oldindagi uchrashuvda nafaqat o‘ynash uchun, balki g‘alabani ko‘zlab maydonga tushamiz, - dedi Kilian Mbappe.

Frantsiyalik 26 yoshli hujumchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida to‘qqizta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 10 ta to‘p kiritib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

“Real” va “Barselona” o‘rtasidagi “el-klasiko” 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 ta boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!