“Mbappe effekti”: Baribir “Real”dan ketaman

  • 23 iyun, 2024, 19:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi oqibatida madridliklar hujum chizig‘i vakillaridan biri jamoani tark etishiga to‘g‘ri kelishi tobora oydinlashib bormoqda.

Tecno

Katta ehtimol bilan bu Rodrigo Goes bo‘ladi. 23 yoshli braziliyalik hujumkor futbolchi frantsiyalik hamkasbi bilan deyarli bir xil pozitsiyada o‘ynaydi va o‘xshash vazifalarni bajaradi.

Rodrigo avvaliga jamoada qolib, asosiy tarkibdagi joyi uchun kurashishini bildirgandi. Biroq Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, Rodrigoning o‘zi jamoadagi kelajagi borasida ikkilana boshladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rodrigo boshqa klublar taklifini o‘rganib chiqishga tayyor. Unga PSJ va Angliya grandlaridan qiziqish borligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!