
Mbappe finalda o‘ynaydimi? Anchelotti javob berdi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Kilian Mbappening "Pachuka"ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda ishtirok etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Kilian kecha mashg‘ulot o‘tkazdi va o‘zini yaxshi his qildi. Hamma narsa yaxshi o‘tdi. Bugungi mashg‘ulotda ham uni kuzatamiz. Biz optimistik kayfiyatdamiz", – dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe Ispaniya chempionatining "Rayo Valekano" (3:3) bilan kechgan o‘tgan o‘yinini jarohati sababli o‘tkazib yuborgan edi.
Ertaga, 18-dekabr kuni, FIFA o‘tkazadigan Qit’alararo kubok finali bo‘lib o‘tadi. Unda "Real" Meksikaning "Pachuka" klubi bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar