
Mbappe kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyati tomonidan berilayotgan shartnomaga qaramay, 2024 yilning yozida Parijni erkin agent sifatida tark etish fikridan qaytgani yo‘q. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Mashhur to‘purarning parijliklar bilan kelishuvi yozda tugaydi. PSJ mutasaddilari futbolchi bepul qo‘ldan chiqmasligi uchun unga qisqa muddatli shartnoma berib, bitimga yozda ma’lum bir summa evaziga transfer qilish imkoniyatini qo‘shmoqchi.
24 yoshli hujumchi parijliklarning hech bir taklifiga rozilik bergani yo‘q. Mavsum boshida Mbappe o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun 40 million evro miqdoridagi sodiqlik bonusidan voz kechgan va yangi shartnoma bo‘yicha muzokara boshlashga ko‘ngan edi. Hozirga kelib, Kilian klub taklifini qabul qilmadi.
Mbappe PSJda 2027 yildan beri o‘ynab kelyapti. U klub tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar
Vaqt mashinasini Sports.uz uylab topganmi deyman a