Mbappe ketadimi? PSJ kutilmagan javobni berdi

  • 12 oktabr, 2022, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va Kilian Mbappe o‘rtasidagi munosabat taranglashib borayotgani haqida ma’lumotlar ko‘p tarqatilmoqda. Ayrim manbalar 23 yoshli hujumchining jamoadan ketmoqchi bo‘layotgani yoki klub rahbariyati qaysar yulduzni sotib yuborishi haqida yozmoqda.

Tecno

PSJ sport direktori Luish Kampush vaziyatga munosabat bildirishga majbur bo‘ldi.

- Matbuot yozayotgani jiddiy bayonot, ularning ma’lumotiga ko‘ra, men ham klubdan ketishni istayotgan ekanman. Bu erdagi vazifam shuni ochiq aytishki, Kilian yanvarda jamoadan ketishi bo‘yicha men bilan ham, klub prezidenti bilan ham gaplashmagan.

Biz Mbappega ajoyib jamoa shakllantirayotganimiz va hujumga uning yoniga mos hujumchi olishni va’da qilganmiz, lekin buning imkoni bo‘lmadi, - dedi Luish Kampush.

Kilian Mbappe erkin agent sifatida “Real”ga o‘tishi kutilgan edi. Lekin parijliklar frantsiyalik hujumchini yangi loyihaning asosiy figurasi bo‘lishini ta’kidlab, o‘ta katta maosh evaziga uni jamoada olib qoldi.

Muammolar girdobida qolayotgan Mbappening poytaxt klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!