Mbappe Messidek do‘stidan ayrilishni istamaydi

  • 10 aprel, 2023, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Lionel Messining poytaxtda qolishini istayapti.

Tecno

Argentinalik yulduzning parijliklar bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. U klubning yangi bitim bo‘yicha taklifini qabul qilmadi. Parijliklar esa, jahon chempionini olib qolish yo‘llarini qidirmoqda.

Lionel Messining o‘zi “Barselona”ga qaytmoqchi ekani aytilyapti. Kataloniyaliklar uni olib kelish bo‘yicha ish boshlagan.

Messi 2021 yildan beri parijliklar sharafini himoya qilmoqda. 35 yoshli hujumchi hozirga qadar 68 ta bahsda maydonga tushdi,  raqiblar darvozasini 30 marta ishg‘ol qilib, 33 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!