Mbappe “Oltin to‘p”dan “voz kechdi”
Frantsiya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe futbolchilar uchun eng nufuzli individual sovrin hisoblangan “Oltin to‘p”ni bu yil olish imkoniyati yo‘qligini tan oldi.
Futbol ekspertlari 2025 yilgi sovringa asosiy da’vogar sifatida PSJ etakchisi Usmon Dembelening nomini e’tirof etmoqda.
Shuningdek, Mbappening jamoadoshlaridan Jud Bellingem va Vinisius Junior ham “Oltin to‘p” nomzodlari orasida favorit hisoblanadi.
- Bu yil men “Oltin to‘p”ni yutolmayman. Ikki jamoadoshimdan birini tanlash ham qo‘limdan kelmaydi. Eng muhimi, ularning o‘yinlari e’tirofga sazovor bo‘lganidir, - dedi Kilian Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ko‘pchilik “Oltin to‘p”ga Vinisius Juniorni munosib, deb baholagan edi. Biroq amalda nufuzli sovrin “Manchester Siti” vakili Rodrigo Ernandesga topshirildi.



Fikrlar