Mbappe o‘rnini Xoland egallaydi

  • 12.11.2023 11:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda “Real” rahbariyati kelasi yozda Kilian Mbappeni olishga harakat qilmasligi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Yangi xabarlarga ko‘ra, madridliklar “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland transferini mo‘ljallayapti.

Ispaniyaning AS nashri “Real” norvegiyalik to‘purar uchun 200 million evro miqdorida xarajat qilishga tayyorligini yozmoqda.

Madridliklar rejasida loyihaga Mbappe va Xolandni birga jalb qilish varianti ham. Nima bo‘lgan taqdirda ham, “Real”  kelasi yoz katta transferlarga qo‘l urishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!