
Mbappe Ronaldudan o‘tolmaydi!
Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Nikolya Anelka hamyurti Kilian Mbappening “Real”ga ko‘chib o‘tganiga munosabat bildirdi.
- “Kilian Mbappega “Real”da Krishtianu Ronaldu erishgan ko‘rsatkichlarga etish oson bo‘lmaydi. Lekin bu uning faqat o‘ziga bog‘liq. Kilian portugaliyalik yulduz qayd etgan statistikani yangilashi kerak.
Lekin Mbappe futbol tarixida iz qoldirishi kerak, degan gap-so‘zlarni yig‘ishtiraylik. U bu ishni uddalab bo‘lgan, - dedi Nikolya Anelka.
“Qirollik klubi” 3 iyun kuni Kilian Mbappe klub a’zosiga aylanganini rasman e’lon qildi. Tomonlar besh yillik shartnoma imzolagan.
Fikrlar