
Mbappe xiyonat qildi!
Zamonamizning eng zo‘r hujumchilaridan bo‘lgan Kilian Mbappening PSJdagi ahvoli tobora og‘irlashib bormoqda.
Klub rahbariyati nima qilib bo‘lsa ham, uning kelasi yili yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishiga to‘sqinlik qilmoqchi. Parijliklar uni tezroq sotib yuborishga urinyapti.
Le Parisien nashrining yozishicha, klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiy Mbappening jamoa safiga qaytishiga keskin qarshilik qilmoqda. Rahbar Mbappe unga nisbatan xiyonat qilgan, deb hisoblamoqda va uni kechirmoqchi emas.
Buning ortidan Kilian Mbappe chempionatga tayyorlanayotgan jamoa mashg‘ulotlariga kiritilmayapti. 24 yoshli hujumchi murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmagan o‘yinchilar bilan birga mustaqil shug‘ullanib yuribdi.
Fikrlar