Mbappe yangi mavsumni qaerda boshlashi fosh bo‘ldi

  • 20.01.2022 17:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

El Chiringuito TV jurnalisti Xosep Pedrerol PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashini aniqlaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, PSJ harchand urinmasin 23 yoshli hujumchini ushlab qololmaydi.

Bir necha kun oldin parijliklar Mbappega yangi shartnoma bo‘yicha so‘nggi taklifini berib, ikki mavsum uchun 80 million evro maosh va’da qilgandi. Manbaning ta’kidlashicha, bu yosh hujumchini to‘xtata olmaydi.

Kilian Mbappe “Real” bilan shartnoma imzolashi va kelasi mavsumni madridliklar safida boshlashi aytilyapti.

Mbappe joriy mavsumda parijliklar safida barcha turnirlarda 27 ta uchrashuv o‘tkazib, 19 ta gol va 15 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!