
Medison Kizning qo‘li baland keldi
AQShning Tsintsinnati shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida "Premera" turkumiga kiruvchi nufuzli "WTA" turniri davom etmoqda.
Unda amerikalik Medison Kiz musobaqaning ilk davrasida ispaniyalik Garbin Mugurusaga qarshi bahs olib bordi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Medison raqibasini 6:7, 7:6, 6:4 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa Medison "Western & Southern Open" musobaqasining ikkinchi davrasida rossiyalik Darya Kasatkinaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar