Mehdi Taremi CSKAgа o‘tmaydi

  • 05.08.2026 17:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Olimpiakos» va Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremining agenti mijozining Moskvanning CSKA klubiga o‘tishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

"CSKA rostdan ham Taremiga qiziqish bildirgani, uni transfer qilish bo‘yicha biz bilan bog‘langani haqida gap-so‘zlar bor. Lekin bu haqiqat emas, — dedi Pastorello Sport24 nashriga bergan intervyusida.

2025/26 yilgi mavsumda Taremi «Olimpiakos» safida 39 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 6 marotaba golli pas berdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 2 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!